O‘zMU prorektori talabaning onasini haqorat qilgani tasvirlangan video tarqaldi
Universitet ma’lumotiga ko‘ra, prorektor vaqtinchalik ishdan chetlashtirilgan
Dunyo
2023-10-05
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holat 2023-yil sentyabr oyi birinchi o‘n kunligida ro‘y bergan. Murojaatchi ayol prorektor qabuliga kirib, "qizi geologiya fakulteti 1-kursi kechki bo‘limga o‘qishga kirganini aytgan va talabalar turar joyidan o‘rin ajratish va ish bilan ta’minlashni talab qilgan".
Prorektor murojaatchiga kechki ta’lim shaklida tahsil oladigan talabalar uchun yotoqxona yetishmasligi, o‘rinlar kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan talabalarni qamrab olganini bildirgan.
"Talablari to‘liq qanoatlantirilmagan ayol ketar chog‘ida universitet rahbariyati va prorektorni o‘rinsiz haqoratlab ketgan. Kurakda turmaydigan so‘zlar prorektorning nafsoniyatiga tekkan va u ham ayolga nisbatan qo‘pol so‘zlarni ishlatgan. Shu vaziyat murojaatchi tomonidan yozib olingan va “prorektor murojaatchi ayolni haqorat qildi” degan ma’nodagi qismi tarqatilgan. Mazkur vaziyatga prorektor kotibasi, universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi hamda qabuldagi fuqarolar guvoh bo‘lishgan," - deiyladi universitet xabarida.
Vaziyat to‘liq o‘rganilib, holatga huquqiy baho berilgunicha prorektor o‘z vazifasidan vaqtincha chetlatilgan.


