O'zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili o'z vazifasini bajarishga kirishdi
Siyosat
2023-10-12
654
Kamol Muxtorov 2019 yildan buyon O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasida mas'ul lavozimlarda ishlab kelayotgan edi.
Kamol Muxtorov Samarqand davlat universiteti va London Diplomatik akademiyasini tamomlagan. 2007 yildan boshlab Investitsiya, sanoat va savdo, Tashqi ishlar vazirliklari tizimida ishlagan. O'zbekistonning AQSHdagi elchixonasi maslahatchisi lavozimida faoliyat ko'rsatgan. 2019 yildan buyon O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasida mas'ul lavozimlarda ishlab kelayotgan edi.
Kamol Muxtorov 2018-2023 yillarda YUNESKOdagi doimiy vakillikni boshqargan va iyul oyida O'zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo'mitasi raisi etib tayinlangan Umid Shodiyev o'rnini egalladi.


