O‘zbekistonliklar uchun haq to‘lanadigan ta’tillar kafolatlari kuchayadi

O‘zbekistonliklar uchun haq to‘lanadigan ta’tillar kafolatlari kuchayadi

Dunyo

2024-08-27

Parlament quyi palatasida birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bir yo‘la ikkinchi va uchinchi o‘qishlarda ham qabul qilindi. Deputatlar fikricha, qonun loyihasi fuqarolarimizning dam olish va haq to‘lanadigan ta’tillardan foydalanish huquqlarini ta’minlash bo‘yicha xalqaro standartlarni samarali joriy etishga xizmat qiladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 27-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida deputatlar “Xalqaro mehnat tashkilotining Haq to‘lanadigan ta’tillar to‘g‘risidagi 132-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1970-yil 24-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda muhokama qilishdi.

Ushbu Konvensiya har bir xodimga belgilangan eng kam davomiylikda har yilgi haq to‘lanadigan ta’til olishini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘plab mamlakatlarda juda keng qo‘llaniladi.

Konvensiyaning asosiy maqsadi – barcha ishlaydigan xodimlarga dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish o‘rni (lavozimi) hamda o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda xodim ishdan ozod etiladigan, xodimga har yili ish yili davomida beriladigan ta’tillarni ta’minlashdan iborat.

Bugungi kunda Konvensiya 38 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. Mamlakatimizda xodimlarning mehnat huquqlarini, shu jumladan, dam olish va haq to‘lanadigan ta’tillardan foydalanish huquqlarini ta’minlash qonun loyihasining maqsad va vazifalari hisoblanadi.

Deputatlar muhokamalar davomida qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, mazkur qonun loyihasi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarda O‘zbekistonning ijobiy imidjini shakllantirishga ham xizmat qilishini qayd etdilar.

Majlisda qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi va Oliy Majlis Senatiga yuborildi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.