O‘zbekistonlik yosh mehnat muhojirlariga ko‘maklashish respublika komissiyasi ish boshladi
O‘zbekistonlik yosh mehnat muhojirlariga ko‘maklashish respublika komissiyasi ish boshladi
Dunyo
2023-10-10
623
Komissiya raisi Qahramon Quranboyev boshchiligidagi delegatsiya Novosibirsk shahridagi mehnat muxojirlari bilan uchrashib, mavjud muammolarni o‘rgandi.
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Qahramon Quranboyev boshchiligidagi delegatsiya Novosibirsk shahridagi xorijlik fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida hamda o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari istiqomat qiladigan yotoqxonalarda bo‘lib, u yerda istiqomat qilayotgan 100 nafardan ortiq hamyurtlarimiz bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
O‘rganilgan masalalarning ayrimlari joyida hal etildi, qolganlari esa muloqotlar yakunida ishlab chiqiladigan yo‘l xaritasiga kiritilishi va hal etilishi belgilandi.


