O‘zbekistonda xafta davomida harorat pasayishi kuzatiladi

O‘zbekistonda xafta davomida harorat pasayishi kuzatiladi

Ekologiya

2023-10-30

Ertaga mamlakat hududiga Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda.

Gidrometrologiya xizmati xabar berishicha, 31-oktyabr kuni Respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 17-22 gradusgacha pasayadi.

1-noyabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik to‘xtaydi, va bunday quruq ob-havo hafta oxirigacha saqlanib turadi. 1-2 noyabr kunlari kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi. Havo harorati kechalari 3-8 gradus iliqgacha pasayadi, kunduzi 1-2 noyabrda 17-22 gradus bo‘ladi, 3 noyabrda harorat biroz ko‘tariladi va 19-24 gradusni tashkil etadi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.