O‘zbekistonda "pullik yo‘llar" qurilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda "pullik yo‘llar" qurilishi rejalashtirilmoqda

"Toshkent-Andijon" va "Toshkent-Samarqand" yo‘nalishlarida yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomagistrallar qurishmoqchi

Jamiyat

2023-10-20

305

Prezident "Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini yuqori tezlikda harakatlanishga moslab qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Kelgusida esa ularni "pullik yo‘llar" toifasiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Xususan, 2025 yilda "Toshkent-Andijon", "Toshkent-Samarqand" yo‘nalishlari bo‘yicha pullik yo‘llarni va "Taxtaqoracha" dovonida pullik tonnelni qurish rejalashtirilgan

Shuningdek, 2024 yil 1 yanvardan:

  • avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlangan obyektlarning asosiy konstruktiv elementlari bo‘yicha kamida 3 yillik kafolatli xizmat qilish muddati joriy qilinadi;

  • yilning harorat yuqori bo‘lgan vaqtlarida avtomobil yo‘llarida yuk tashuvchi transport vositalari va avtopoyezd (tirkama)larning (maxsus transport vositalaridan tashqari) harakatlanishiga mavsumiy cheklovlar o‘rnatiladi;

  • tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda uzunligi 20 kmgacha bo‘lgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektor jalb qilinadi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.