O‘zbekistonda eng kam o‘rtacha maosh ta’lim va tibbiyot soha vakillariga tegishli
Statistika agentligi ma’lumotlar keltirdi
Jamiyat
2023-10-27
Statistika agentligi 2023-yilning yanvar-sentyabr oylari bo‘yicha xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqlari reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, ta’lim va sog‘liqni saqlash xodimlari eng so‘nggi pog‘onalarda qolmoqda.
Eng ko‘p o‘rtacha oylik moliya va sug‘urta faoliyatida xizmat ko‘rsatuvchilarga tegishli - 12,8 mln so‘m.
Keyingi o‘rinni 10,3 mln so‘m o‘rtacha maosh bilan axborot va aloqa sohasi xodimlari egallashgan.
Ro‘yxatning eng oxirgi ikkita o‘rnida ta’lim (3 mln so‘m) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (2,9 mln so‘m) sohalari turibdi.
Ma’lumotga ko‘ra, shu davr mobaynida mamlakatda o‘rtacha oylik ish haqi 4,4 mln so‘mni tashkil qilgan.


