O'zbekiston TIV rahbari AQSh, Fransiya va Qatar elchilari bilan alohida uchrashuv o'tkazdi
O'zbekiston TIV rahbari AQSh, Fransiya va Qatar elchilari bilan alohida uchrashuv o'tkazdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qator xorijiy davlatlar elchilari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi
Siyosat
2023-10-23
795
21-oktyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bir necha xorijiy davlatlarning elchilari - Oreliya Bushez xonim (Fransiya), Hasan Hamza Hoshim (Qatar), Guseyn Guliyev (Ozarbayjon), Jonatan Xenik (AQSH) va Agostino Pinna (Italiya) bilan ikki tomonloma uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar berilmoqda.
O'zbekiston TIV rahbari muloqot davomida ushbu mamlakatlar bilan mustahkamlanib borayotgan ikki tomonlama hamkorlikning keng ko'lamli kun tartibi ko'rib chiqilganini ma'lum qildi.
Iqtisodiy munosabatlar masalalari, shuningdek, bo'lajak yuqori darajadagi tadbirlar muhokama qilindi.


