O‘zbekiston tibbiyotidagi transformatsiya jarayonlari yuksak baholandi
Jamiyat
2023-10-16
547
Berlin shaxrida Butunjaxon sog‘liqni saqlash sammiti o‘z ishini boshladi.
Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon sog‘liqni saqlash sammitiga 100 dan ortiq davlatdan 500 nafardan ziyod ma'ruzachilar tashrif buyurdi. Ular orasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi ham bor.
Sammit doirasidagi plenar yig‘ilishda vazir Amrillo Inoyatov ma'ruza qildi va yurtimizda tibbiyotni transformatsiya qilish borasida olib borilayotgan islohotlar bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi.
Yakunda vazirning chiqishi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Natijada ma'ruzachiga savol bilan murojaat qiluvchilar soni ko‘p bo‘ldi. Ular O‘zbekiston tibbiyotidagi transformatsiya jarayonlarini yuksak baholab, sohadagi yutuqlarni e'tirof etishdi.
Bu yilgi butunjaxon sammitining asosiy mavzulari sifatida COVID-19 pandemiyasi, global sog‘liqni saqlash sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanish, JSTning 75 yilligi, silga qarshi kurash kabilar bo‘ldi.


