O‘zbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi Elchixonasi murojaati

O‘zbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi Elchixonasi murojaati

Aloqalar

2023-10-17

781

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Isroil-Xamas qurolli to‘qnashuvlarida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lganligi haqida ma'lumotlar tarqalmoqda.

Elchixona ma'lum qiladiki, Isroil Tashqi ishlar vazirligi va politsiyasi bergan ma'lumotga ko‘ra, mamlakat janubida ro‘y bergan terror hujumi vaqtida O‘zbekistonda tug‘ilgan va 90-yillarda repatriatsiya dasturiga muvofiq Isroilga ko‘chib kelgan 5 (besh) nafar kishi halok bo‘lgan. Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, ular amaldagi O‘zbekiston fuqarolik pasportlariga ega emas.

Yuqoridagilarni e'tiborga olib, OAV ni kuzatib boruvchi fuqarolarda bo‘lib o‘tayotgan voqealar ko‘lami va urush harakatlari haqida noto‘g‘ri qarashlar paydo bo‘lishini oldini olish maqsadida ma'lumotlarni chop ettirishdan oldin, ularni ishonchli manbalardan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Isroildagi Elchixonasi orqali qayta tekshirishingizni so‘raymiz.

Murojaat uchun telefonlar:

03-672-2466

03-672-2371

03-758-5075

03-758-5076

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.