O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati portali taqdim qilindi
Platformada 10 mingga yaqin ismlar keltirilgan
Jamiyat
2023-10-13
487
Xabar berilishicha, yuridik atamalar elektron lug‘ati (tezaurus) va o‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati platformalari ishlab chiqildi.
Adliya vazirligida “Davlat tilini rivojlantirishda innovatsion yechimlar” mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbirda ularning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda aytilishicha, hozirda jami 3236 ta yuridik termin va tushunchaning tezaurus lug‘at maqolasi tayyorlangan va ulardan 2116 tasi thesaurus.tsul.uz platformasiga joylashtirilgan.
Qolgan 1126 ta termin ekspertizadan o‘tgandan keyin platformaga joylashtirilishi aytilgan.
O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati portaliga 10 mingga yaqin ism kiritilgan. Xususan, arabcha, o‘zbekcha, turkcha, tatarcha, mo‘g‘ulcha, yunoncha, suryoniycha, pahlaviycha, yahudiycha, so‘g‘dcha, o‘zbekcha-qadimiy turkcha ismlar keltirilgan.


