Novza bekatiga kirishda poyezd 2 daqiqa to'xtab qoldi
Bunga sabab oldindagi poyezdda yo'lovchining tobi qochgani bo'lgan
Dunyo
2023-10-10
654
10-oktyabr soat taxminan 08:26 da "Novza" bekatiga kirib kelgan 28-sonli poyezd yo‘lovchilardan birining tobi qochgan, deb xabar bermoqda "Toshkent metropoliteni" DUK.
Yo‘lovchini vagondan bekatga olib chiqib kerakli tibbiy yordam ko‘rsatishgan.
Buning natijasida, ortdan kelayotgan 5-sonli poyezd oldindagi poyezd bekatni tark etguniga qadar 2 daqiqa bekat kirish svetaforida to‘xtab turgan. Bekat bo'shaganidan so'ng, poyezd o'z harakatin davom ettirgan.
"Hozirgi vaqtda ushbu yo‘nalishda poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatini amalga oshirmoqda," - deb yozadi korxona.


