Noqonuniy ulangan suv nasosi davlatga yarim milliardlik zarar yetkazdi
Qonunchilik
2023-10-13
456
Hazorasp tumanida fuqaro 2 890 ta xonadonning bir oylik isteʼmoliga teng hajmdagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan tegishli organlar bilan hamkorlikda Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida oʻtkazilgan nazorat tadbirida fuqaro Z.O. ga qarashli suv nasosi elektr tarmogʻiga noqonuniy ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 520 mln 344 ming soʻm (578 ming 160 kVt⋅soat) zarar yetkazilgani aniqlandi.
Maʼlumot uchun: ushbu miqdordagi elektr energiyasi 2 ming 890 ta xonadonning bir oylik isteʼmoliga tengdir.
Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.


