Nodirbek Yakubboyev Nodirbek Abdusattorovni mag‘lub etib, "Qatar Masters Chess-2023" g‘olibiga aylandi
Nodirbek Yakubboyev Nodirbek Abdusattorovni mag‘lub etib, "Qatar Masters Chess-2023" g‘olibiga aylandi
Hamyurtlarimiz turnirda Magnus Karlsen, Anish Giri, Nakamura, Gukesh singari shaxmat ustalarini ortda qoldirishdi
Sport
2023-10-20
795
"Qatar Masters Chess-2023" turniri finalida ikki hamyurtimiz bahs olib borishdi. Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboyev 7 ochkodan to‘plab, yakunda g‘oliblik uchun kurashishidi.
Qo‘shimcha bahsda reyting bo‘yicha 19-o‘rinda bo‘lgan Yakubboyev Abdusattorovdan ustun kelib, sensatsion tarzda "Qatar Masters Chess-2023" chempionligini qo‘lga kiritdi. U tay-brekda 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Qayd etish joiz, Dohadagi turnirda Magnus Karlsen, Anish Giri, Nakamura, Gukesh singari jahonning top-10ligidagi shaxmat ustalari ham ishtirok etgandi. Shunga qaramay, vakillarimiz dastlabki ikki o‘rinni egallagan bo‘lsa, yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov 6,5 ochko bilan 4-o‘rinni egalladi.


