Nodirbek Abdusattorov shaxmat tarixiga kirmoqda!
Dunyo
2024-02-28
Nodirbek Abdusattorov shaxmat tarixiga kirmoqda!
O‘zbekiston faxri, grossmeyster Nodirbek Abdusattorov xalqaro shaxmat maydonida yana bir muhim yutuqqa erishdi! U o‘zbek shaxmatchilari orasida ilgari kuzatilmagan rekordni o‘rnatib, dunyo shaxmat reytingida TOP-10 o‘rinlar qatoridan joy oldi.
“Praga shaxmat festivali 2024”ning 1-turida qozonilgan g‘alaba tufayli Nodirbek o‘z reytingini yanada oshirib, 5 karra jahon chempioni Vishvanatan Anandni ortda qoldirdi. Bu natija bilan u live FIDE reyting jadvalida dunyoning eng kuchli 10 shaxmatchisi qatoriga kirdi.
Bu — nafaqat Nodirbek uchun, balki butun O‘zbekiston shaxmat maktabi uchun tarixiy yutuq!
🇺🇿 Shaxmatdagi bu ulkan muvaffaqiyat bilan yosh chempionimizni tabriklaymiz va yana-da yirik zafarlarga yetishishini tilaymiz!


