Mudofaa vazirligi harbiylari Koreyadagi halqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi

Mudofaa vazirligi harbiylari Koreyadagi halqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi

NATO standartlariga asoslangan ushbu musobaqada 2-o‘rinni AQSH va Koreya jamoalari egallagan

Siyosat

2023-10-30

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Koreyada o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasida g‘olib bo‘ldi.

Bu haqda "Gazeta.uz" xabar bermoqda.

NATO standartlariga asoslangan ushbu musobaqada dunyoning yetakchi davlatlaridan saralangan jamoalar ishtirok etishgan.

Musobaqaning 12 ta jangida o‘zbekistonlik harbiylar 10 ta g‘alaba bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Ikkinchi o‘rin esa AQSH hamda Koreya jamoalariga (to‘rttadan g‘alaba) nasib etgan.

Jangovar harakatlar reallikka yaqin bo‘lishi uchun musobaqa shahar va tog‘ hududlarida tashkil etilgan.

Amaliy mashg‘ulotlarda tomonlar qarama-qarshi kuch sifatida jang olib borgan.

28 oktyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida harbiylar tantanali ravishda kutib olingan.


Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.