Metropolitenning Yunusobod yo‘nalishida harakat yarim soatga to'xtab qo'ldi
Voqea bo'yicha metropoliten matbuot xizmati rasmiy izoh berdi
Jamiyat
2023-10-23
498
23-oktyabr kuni soat 09:46 lar atrofida Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lida harakat to'xtab qolgani haqida xabar tarqaldi.
"Toshkent metropoliteni" DUK xabar berishicha, Shaxriston bekati aylanma yo‘lidan harakatga chiqishi lozim bo‘lgan 64-sonli harakat tarkibining havo kompressorida texnik nosozlik holati aniqlangan.
Tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu harakat tarkibi soat 10:17 da harakatlana boshlagan.
Bu esa, yo‘nalishda belgilangan vaqt intervallari uzayishiga olib kelgan.
"Hozirgi vaqtda poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda," - deb yozadi metropoliten matbuot xizmati.


