Metropolitenning 3ta bekatida poyezd harakati 3 kunga to'xtatiladi

Metropolitenning 3ta bekatida poyezd harakati 3 kunga to'xtatiladi

Bular Tolariq (10-bekat), Xonobod (11-bekat) va Quruvchilar (12-bekat) bekatlari

Dunyo

2023-10-27

3-5-noyabr kunlari “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishining Tolariq (10-bekat), Xonobod (11-bekat) va Quruvchilar (12-bekat) bekatlarida poyezdlar harakati to‘xtatiladi.

Bu haqda "Toshkent metropoliteni" DUK xabar bermoqda.

Bunga sabab, yo'nalishning Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) metro bekatlarida qurilish ishlarining so‘ngi bosqichi amalga oshirilishi.

Bu kunlarda poyezdlar harakati "Texnopark" (Do‘stlik-2)“Qiyot” (9-bekat) bekatlari oralig'ida harakatlanadi.

Yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida, “Qiyot” (9-bekat) - “Quruvchilar” (12-bekat) bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

"Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz," - Toshkent metropoliteni DUK.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.