Maxachqal’a aeroportida Isroildan kelgan samolyot tufayli tartibsizliklar yuz berdi
Maxachqal’a aeroportida Isroildan kelgan samolyot tufayli tartibsizliklar yuz berdi
Bir necha yuz kishi aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagiga bostirib kirgan
Dunyo
2023-10-30
29-oktyabr kuni kechqurun Tel-Avivdan Maxachqal’aga "Red Wings" aviakompaniyasining muntazam reysi yetib kelishidan biroz oldin aeroportga bir necha yuz kishi yig‘ildi.
OAV xabarlariga ko'ra, agressiv olomon uchish-qo'nish yo'lagiga bostirib kirgan.
Yig'ilganlar aeroport hududidan chiqib ketayotgan mashinalarni to'xtatib, undagi odamlarning pasportlarini o'zboshimchalik bilan tekshirishgan.
Politsiya darhol tartibni tiklay olmagan. Tartibsizlik qatnashchilari politsiyaga turli buyumlar uloqtirishgan.
Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar natijasida 20 kishi, jumladan, politsiya xodimlari ham jabrlangan.
Maxachqal’a aeroporti faoliyati 6 noyabrga qadar to‘xtatilgani ma'lum qilindi. 30-oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya gvardiyasining maxsus bo‘linmalari Maxachqal’aga yetib kelgan.
Tergov qo‘mitasining Dog‘iston bo‘yicha departamenti ommaviy tartibsizliklar fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.


