Maxachev Volkanovskini 1-raunddayoq nokautga uchratdi
Falastindagi voqealar sababli, dog‘istonlik jangchi g‘alabasini nishonlay olmasligini aytdi
Sport
2023-10-22
901
Abu-Dabida UFC 294 turnirining markaziy jangida Islam Maxachev avstraliyalik Aleks Volkanovskiga qarshi jang qildi.
5 raundga mo‘ljallangan jang 1-raunddayoq yakunlandi. Rossiyalik jangchi oyoq zarbasi bilan Volkanovskini muvozanatdan chiqardi va nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
Jangdan keyin kamarini munosib himoya qilgan Maxachevga so‘z berildi.
Dog‘istonlik jangchi dunyoda ro‘y berayotgan aqlbovar qilmas voqealar sababli bu g‘alabasini nishonlay olmasligini ma’lum qildi.
"G‘alaba yoki mag‘lubiyat – Alhamdulillah. Dunyoda sodir bo‘layotgan dahshatli voqealar sababli bugungi g‘alabamni nishonlay olmayman. Buni to‘xtating! Falastinni qo‘llab-quvvatlaymiz, G‘azo sektori biz sen bilan", - dedi jangchi g‘alabasidan keyin.
Ma’lumot uchun, Maxachev va Volkanovski ilk bor UFC 284'da to‘qnash kelgan va unda dog‘istonlik jangchi ochkolar evaziga g‘alabaga erishgandi.


