18 yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs "sudlangan" tamg‘asidan ozod bo‘ladi

18 yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs "sudlangan" tamg‘asidan ozod bo‘ladi

Senat majlisida voyaga yetmaganlarning jinoyatlari bo‘yicha yangi qonun ko‘rib chiqildi

Dunyo

2023-09-26

489

Majlisda “Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Qonun bilan 18 yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan deb hisoblanishi belgilanmoqda.

Shuningdek, qonunda voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklashning hamda ozodlikdan mahrum qilishning eng kam muddati 6 oydan 1 oygacha qisqartirilishi nazarda tutilmoqda.

Statistikaga qaraganda, mamlakatimizda 2021 yilda 1472 nafar voyaga yetmagan shaxs sudlangan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 2116 nafarga yetgan. O‘tgan 2022 yilda  ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar 389 ta, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar soni esa 510 tani tashkil qilgan.

Ushbu Qonunning ma’qullanishi yuzlab yoshlarga hayotini qaytadan boshlash imkonini beradi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.