Kriket va beysbol Olimpiada dasturlariga kiritildi

Kriket va beysbol Olimpiada dasturlariga kiritildi

Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan 2028-yilgi Olimpiada dasturiga 5ta yangi sport turlari qo'shildi

Dunyo

2023-10-16

674

2028-yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Yozgi Olimpiada o‘yinlariga rasman beshta yangi sport turi qo‘shildi. Bu qaror Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Mumbayda bo‘lib o‘tgan sessiyasida qabul qilindi.

Yozgi o'yinlar dasturiga bayroqli futbol (cheklangan kontaktli Amerika futbolining bir turi), skvosh, lakros, beysbol/softbol va kriket kiritilgan.

Bayroqli futbol va skvosh birinchi marta o'yinlar dasturiga kiritilmoqda, boshqa sport turlari allaqachon Olimpiya o'yinlarida namoyish etilgan: kriket - 1900 yilda, lakros - 1904 va 1908 yillarda, beysbol / softbol olti marta dasturda bo'lgan (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2021).

Xalqaro olimpiya qoʻmitasining faqat ikki nafar aʼzosi ushbu sport turlarini AQSh Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritishga qarshi ovoz berdi.

Eslatib o‘tamiz, Los-Anjelesdagi Olimpiada o‘yinlari 2028 yilning 14 iyulidan 30 iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.