Kichiklarni “yutib yuborayotgan” katta kompaniyalar. Xalqaro investitsiya forumida kelajakka sarmoya kiritish muhokama qilindi

Kichiklarni “yutib yuborayotgan” katta kompaniyalar. Xalqaro investitsiya forumida kelajakka sarmoya kiritish muhokama qilindi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro investitsiya forumida kelajakka investitsiya kiritish: startaplar, texnologiya va moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Jamiyat

2024-05-03

682

Sessiyada kelajakdagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni shakllantirishda startaplar va texnologiyalarga  investitsiya kiritish haqida so‘z bordi. Ishtirokchilar investitsiyalarning hozirgi tendensiyalari, startaplarning o‘sish istiqbollari, innovatsion va texnologik yechimlarning ahamiyati hamda yosh kompaniyalarni moliyalashtirishga turli yondashuvlar haqida so‘z bordi.

Kiyan Zandiyening aytishicha, 2020—2022-yillar oralig‘ida Markaziy Osiyoda moliyaviy bozor o‘sishni boshlagan.

Shu muddat oralig‘ida aktivlar likvidligi barqarorlashdi. Lekin pandemiya davrida investitsiya kiritish pasayib ketdi. Biz bunday vaziyatlarda ham qanday rivojlanish bo‘yicha o‘z dasturlarimizni ishlab chiqdik, — dedi Kiyan Zandiye.

Moderator Timoti Yun Amazon va Google kabi kompaniyalar kichik kompaniyalarni “yutib yuborish”ni boshlaganini ta’kidlab, mutaxassislardan bu bo‘yicha o‘z fikrlarini so‘radi.

Rajit Nanda biznes kompaniyalari kichik kompaniyalarni yutib yuborishni emas, balki yangi kompaniyalar yaratish ustida ish boshlaganini ta’kidlab o‘tdi.

Biz avval boshdan ma’lumotlar ishlab chiquvchi sifatida sun’iy intellektga pul tika boshladik. Ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va uni sun’iy intellektda qo‘llash keng qamrovli ishlarni talab qiladi, — dedi Rajit Nanda.

Vang Shun Li esa kompaniya yillik daromadining 10 foizini ikkita yo‘nalishga ajratishini ma’lum qildi.

Bulardan biri — qobiliyatli yoshlarga. Chunki uzoq muddatli texnologik yechimlarimiz yosh avlodning bilimiga bog‘liq bo‘ladi. Biz sotib olishga emas, startaplarga ko‘proq e’tibor qaratamiz, — dedi Vang Shun Li.

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro investitsiya forumida sessiyalar bugun, 3-may kuni ham o‘z ishini davom ettiradi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.