Jinoyat ishlari bo‘yicha hukmlar ustidan taftish tartibida shikoyat yo protest berish imkoniyati yaratilmoqda
Jinoyat ishlari bo‘yicha hukmlar ustidan taftish tartibida shikoyat yo protest berish imkoniyati yaratilmoqda
Dunyo
2023-10-10
503
Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda sud-huquq islohotlarining yangi bosqichi odil sudlov sifatini oshirishga xizmat qilishi to‘g‘risida ma'lumot berildi:
2024 yil 1 yanvardan apellyasiya, kassasiya va taftish instansiyalarini joriy qilish belgilandi
Birinchi instansiya sudining hukmlari, ajrimlari ustidan dastlab apellyasiya tartibida, agar apellyasiya tartibida ko‘rilmagan bo‘lsa, qonuniy kuchga kirgan hukmlar, ajrimlar ustidan kassasiya tartibida shikoyat yo protest berish
Apellyasiya yoki kassasiya tartibida ko‘rib chiqilgan jinoyat ishlari bo‘yicha chiqarilgan hukmlar, ajrimlar ustidan esa, taftish tartibida shikoyat yo protest berish
Taftish tartibida takroran shikoyat yo protest bildirish yuzasidan iltimosnoma bilan murojaat qilish imkoni yaratilmoqda.
Hukm ustidan apellyasiya tartibida shikoyat yoki protest berish muddati yigirma sutkadan o‘n sutkaga qisqartirilmoqda.
Jinoyat ishini kassasiya va taftish tartibida ko‘rish natijalari yuzasidan yangi oqlov yoki ayblov hukmi chiqarish vakolatlari berilmoqda.


