Isroilning shifoxonaga bergan zarbasi oqibatida 500 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilindi
Isroilning shifoxonaga bergan zarbasi oqibatida 500 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilindi
Dunyo
2023-10-18
749
Bu haqida G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari 17 oktabr kuni kechqurun Isroil armiyasi Al-Ahli Al-Arabiy kasalxonasiga zarba berishi oqibatida kamida 500 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Keyinroq XAMAS harakati qurbonlar soni 600 nafarga ko‘paygani, 900 dan ortiq kishi jarohatlangani haqida xabar berdi. Falastin prezidenti Mahmud Abbos uch kunlik motam e’lon qildi.
Al-Jazira telekanaliga iqtibos keltirgan holda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shifoxonada kasalxonaga yotqizilgan g‘azoliklardan tashqari ID hujumlaridan yashiringan odamlar ham bo‘lgan.
Mahmud Abbos kasalxonaga qilingan hujumdan keyin Iordaniya sammitini ishtirokini bekor qildi. JSST rahbari Tedros Gebreyesus, Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo G‘azo sektoridagi Al-Ahli kasalxonasiga qilingan hujumni qoraladi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an G‘azo sektoridagi shifoxonaga uyushtirilgan hujumdan so‘ng bu “misli ko‘rilmagan vahshiylikni” to‘xtatishga chaqirdi.


