Isroildagi o‘zbekistonlik talabalar yurtimizga qaytarildilar
Ular o‘qishni onlayn davom ettirishadi
Jamiyat
2023-10-16
486
15-oktyabr kuni Xolon texnologiya institutida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar xavfsiz tarzda Toshkentga uchib ketishdi, deb xabar beradi O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi.
Institut bilan talabalarning o‘qishini onlayn formatda davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ular matematika, yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt kabi talab yuqori bo‘lgan sohalarda tahsil olishadi.
Elchixona talabalarni vatanga jo‘natishda Xolon texnologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Buxoro va Samarqand davlat universitetlari, shuningdek, Uzbekistan Airways vakolatxonasining yordamini ta’kidladi.


