Isroil mudofaa kuchlari tarixda birinchi marta "Steel Sting"(po‘lat xanjar) minomyot snaryadlarining yangi avlodidan foydalangani haqida xabar berdi. "Steel Sting" nima Steel Sting - bu raketaning kalibri 120 mm bo‘lgan minomyot snaryadi bo‘lib, lazer va GPS ni qo‘llab-quvvatlovchi aniq qurol sifatida ishlab chiqilgan. Ushbu snaryadlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘q uzilganidan so‘ng uning stabilizator qanotlari ochiladi, bu unga havoda yo‘nalishini o‘zgartirish va koordinatalariga muvofiq nishonni aniq urish imkonini beradi.

Munosabat

2023-10-23

493

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiev odamlar hayotiga zomin bo‘layotgan YTHlariga barham berish zarurligini ta'kidlab o‘tdi.

Poytaxt viloyatida birdaniga 6 ta avtomobil ishtirokidagi YTHda, shukrki, insonlar qurbon bo‘lmapti. Achinarlisi, yo‘llardagi mudhish voqealar bugungi hayotimiz voqeligiga aylanib ulgurdi. Shaxsiy fikrimcha, bunday vaziyatning yuzaga kelishi avtotransport boshqarish “madaniyat”imizdan dalolat. Kengroq ma'noda esa, ming afsus, jamiyatimizda sinizm deb atalmish fenomenning keng tomir otayotganidan nishon.

Qoidabuzarlik uchun jazoning muqarrarligi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lyapti. Mana, misol uchun, poytaxtimizda radarlar va svetoforlar o‘rnatilgan ko‘chalarda YTHlarning keskin kamaygani qayd etilyapti. Menimcha, mamlakatimiz bo‘ylab haqiqiy, xalqaro me'yorlardagi avtostradalar qurilgunigacha hozirgi magistral' yo‘llarimizda tezlikni 80, 90 km/soatgacha cheklab, qo‘shimcha fotoradarlar o‘rnatilsagina bosar-tusarini bilmaydigan “lixach”larimizni tarbiyalasak bo‘ladi. Ular to‘laydigan jarimalarni ham dadil, qo‘rqmasdan bir necha karra ko‘tarsak, xalqimiz bunday qarorlarni faqat olqishlagan bo‘lardi nazarimda.

“Xalqimiz” tushunchasiga qonun-qoidaga itoatkor haydovchilarimizni ham qo‘shgan bo‘lardim. Negaki, “o‘pkasi shishgan shumaxerlar”dan, bir narsadan quruq qolayotgandek orqadan “taqab” keladigan “ta'qibchilar”dan ular ham bezor.

Insoniyat tarixi shuni o‘rgatadiki, odamlar umumiy qoida va qonunlarni nazar-pisand qilmay qo‘ysa, qonunbuzarlik uchun jazolarni keskin kuchaytirishgina samara bergan. Ayniqsa, qonun, qonun ustuvorligi, qonunga itoat madaniyati endi-endi shakllanib kelayotgan jamiyatlarda.

Bir so‘z bilan aytganda, yo‘llarimizdagi boshboshdoqlikka chek qo‘yish, odamlar hayotiga zomin bo‘layotgan YTHlarga barham berishni ko‘zlab, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jazolarni keskin kuchaytirsak, jazoning esa muqarrarligini (zamonaviy texnik vositalar yordamida) qat'iy ta'minlasak maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

#yo‘lingiz_behatar_bo‘lsin

Odiljon Tojiyev

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.