Isroil Misrga raketa hujumi uyushtirdi, natijada 6 kishi jarohat oldi
Voqea sabablari va holatlari hozircha aniq emas
Dunyo
2023-10-27
Sinay yarim orolining janubida kutilmagan voqea yuz berdi.
Isroil raketasi Isroil bilan chegarada joylashgan Misrning Taba shahridagi tez yordam xizmati binosiga zarba berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, zarba natijasida olti kishi jarohat olgan.
Tibbiyot muassasasi ma'muriyati xodimlari uchun mo'ljallangan turar-joy binosi ham raketa hujumiga uchragan.
Voqea sabablari va holatlari hozircha aniq emas.
Ammo Misrning Isroil bilan ziddiyatga tushib qolishi xavfi bor, ayniqsa bir kun avval Misrda Falastinni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Isroilga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tganini hisobga olganda.


