Isroil Jenin qochqinlar lageridagi Al-Ansor masjidini bombardimon qildi
Isroil harbiylari aytishicha, XAMAS masjid yer osti tunellaridan qo‘mondonlik markazi sifatida foydalangan
Dunyo
2023-10-22
705
22-oktyabrga o‘tar kechasi Jenin shahridagi Al-Ansor masjidiga havo hujumi uyushtirilgan, deb xabar berilmoqda.
“G‘arbiy Sohildagi sionistik rejimning Jenin shahridagi masjidni bombardimon qilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi yaralandi”, — deyiladi xabarda.
Isroilning da’vo qilishicha, masjid terrorchilar tomonidan hujumlarni rejalashtirish uchun qo‘mondonlik markazi va ularni amalga oshirish uchun baza sifatida foydalanilgan.
Ammo, Falastin mahalliy faollari "masjiddagi musulmonlarning ko‘plari shahid bo‘ldi va yaralandi" deb ma’lum qildi.
Hatto ayrimlarining jonsiz jasadlari aniqlab bo‘lmaydigan darajada titilib ketganligi aytildi.


