Isitish mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi
Jamiyat
2023-10-26
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda aholidan isitish mavsumi boshlanishi bilan bog‘liq bir-biriga qarama-qarshi fikrlar ko‘paymoqda.
Toshkent shahar hokimligi ma’lum qilishicha, isitish mavsumi Gidrometeorologiya xizmati agentligidan isitish mavsumini ma’lum sanadan boshlash tavsiyasi olinganidan keyin Toshkent shahar hokimining qarori bilan boshlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 194-son qaroriga asosan isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori bo‘lganda esa tamomlanishi kerak.


