Internetdagi sahifangizga ehtiyot bo‘ling

Internetdagi sahifangizga ehtiyot bo‘ling

Veb-sayt egasi va bloger internetdagi sahifasida nimalarga yo‘l qo‘ymasligi kerak?

Jamiyat

2023-10-12

752

Veb-saytning va veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan internetdagi o‘z sahifasida quyidagilarga yo‘l qo‘ymasligi shart:

▪️O‘zbekistonning mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etish;

▪️ommaviy tartibsizliklarga, fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga, shuningdek belgilangan tartibni buzgan holda o‘tkaziladigan yig‘ilishlar, mitinglarda, ko‘cha yurishlarida va namoyishlarda ishtirok etishga da’vat qilish, shuningdek mazkur noqonuniy harakatlarni muvofiqlashtirish;

▪️jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborot tarqatish;

▪️urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilish;

▪️davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etish;

▪️milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, shuningdek fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yuvchi axborotni tarqatish;

▪️jamiyatga, davlatga, davlat ramzlariga hurmatsizlikni namoyon etuvchi, shu jumladan beodoblik bilan ifodalangan axborotni tarqatish;

▪️giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va prekursorlarni targ‘ib qilish;

▪️pornografiyani, zo‘ravonlikni va shafqatsizlikni targ‘ib qilish, shuningdek o‘z joniga qasd qilishga da’vat etish;

▪️fuqarolarni, shu jumladan voyaga yetmagan shaxslarni ularning hayotiga va sog‘lig‘iga yoxud o‘zga shaxslarning hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi g‘ayrihuquqiy harakatlarni sodir etishga undashga yoki boshqa tarzda jalb qilishga qaratilgan axborotni tarqatish;

▪️qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab bo‘ladigan o‘zga harakatlarni sodir etish maqsadlarida foydalanilish.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.