Intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi

“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha kiritish ko‘rib chiqilmoqda

Qonunchilik

2023-10-11

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni 12-1-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Unga qo‘ra, internetda o‘z veb-sayti yoki veb-sahifasiga ega bo‘lgan shaxslar, blogerlarga o‘zga shaxslarga tegishli bo‘lgan intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Misol uchun, amaliyotda Uzcard, Payme, Click singari xizmat ko‘rsatish yoki tovar belgilaridan huquq egalarining roziligisiz foydalanish holatlari uchrab turadi. Bu esa, qonun tili bilan aytganda, intellektual mulk huquqlarining buzilishi hisoblanadi. 

Mamlakatda intellektual mulk bilan bog‘liq huqubuzarliklar soni oshib bormoqda. Xususan, 2020 yil 81 ta qonunbuzilish holati aniqlangan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2021 yilga kelib 887 tani, 2022 yilda esa 1209 tani tashkil etgan.

Ushbu huquqbuzarlikning ko‘p qismi internet tarmoqlarida sodir etilmoqda.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.