Inqilobiy adolatli haqiqat!
Dunyo
2023-10-05
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan 1-noyabrdan tabaqalashtirilgan ta'rifga o‘tiladi. Iqtisodchi Otabek Bakirov buni inqilobiy qadam deb atadi.
Inqilobiy qadam: Boylar elektr uchun 4 karragacha qimmat to‘laydi.
Demak, 1 noyabrdan boshlab:
Elektr energiyasining quvvati o‘rtacha oylik iste'mol miqdoridan oshib ketgan III guruh iste'molchilariga:
1 001 dan 5 000 kVt soatgacha iste'mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar;
5 001 dan 10 000 kVt soatgacha iste'mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar;
10 000 kVt soatdan yuqori iste'mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 4 barobar o‘suvchi koeffisient qo‘llaniladi.
Bu bo‘yicha o‘zgarishlar Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 iyuldagi 245- sonli qarori bilan tasdiqlangan va 1 noyabrdan kuchga kiradi.
Haqiqat uchun aytish joizki, haddan tashqari ko‘p elektr energiyasi iste'mol qiluvchilar uchun oshirilgan koeffisientlar 2020 yildayoq kiritilgan, lekin amalda qo‘llanilmay kelgan.
Avvalroq oyiga 10 ming kvt.soatdan ortiq elektr ishlatayotgan oligarx, korsalon va cho‘ntaklarga de-fakto 1,1 trln.so‘m subsidiya berilgani haqida yozgan edik. Shu pullar pensiyaga, stipendiyaga, o‘qituvchilar oyligiga sarflanishi mumkin edi.
Va nihoyat to‘g‘ri qadam bosish boshlangandek. Nihoyat hukumat elektr energiyasi tariflari borasida sevimli boylar tarafdan uzoqlashib ijtimoiy qatlamga qayisha boshlagan.
Mana buni adolatli haqiqat desa bo'ladi. Inqilobiy adolatli haqiqat!


