IIV binosi yaqinida yong‘in chiqdi
Hodisa yer ostidan o‘tkazilgan kabelda ro‘y bergan. Bu poytaxtning markaziy qismlarida svetoforlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda.
Jamiyat
2024-06-10
844
Bugun, 10 iyun kuni tongda Toshkent shahri markazida, Ichki ishlar vazirligi binosi yaqinida yong‘in ro‘y berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda «Kosmonavtlar» bekati yaqinida yong‘in chiqqani haqida video tarqalgan.
«Toshkent metropoliteni» tomonidan bildirilgan munosabatda yuzaga kelgan ushbu yong‘inning metropoliten tizimiga aloqasi yo‘qligi, «Kosmonavtlar» bekatidagi barcha qurilmalar normal holatda ishlayotgani ma’lum qilingan.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Shota Rustaveli, Bobur, Beshyog‘och, Baynalminal ko‘chalaridagi svetoforlar o‘chgani haqida xabar berishgan.


