Hafta oxirida keskin xavo sovishi kutilmoqda
Uzgidromet tezkor xabar bilan chiqdi
Dunyo
2023-10-10
698
12-14 oktyabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda gidrometeorologiya agentligi.
12-13 oktyabr kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, 13 oktyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
13-14 oktyabrda havo harorati kunduz kunlari 10-15 darajagacha, kechalari 2-5 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda 1-3 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin.


