Germaniya O‘zbekistonning oltinchi eng yirik importchisi.

Germaniya O‘zbekistonning oltinchi eng yirik importchisi.

Dunyo

2023-10-05

Fayzbog‘ kanali O‘zbekiston-Germaniya a'loqalari tobora yaxshilanayotganiga e'tibor qaratdi.


Prezident Germaniyaga borgach, o‘zbek segmentida Olmoniyaning Markaziy Osiyo borasida yangi rejalari borligi haqida gapirila boshlandi. Shubhasiz, Germaniya hozirga qadar ham Markaziy Osiyoga, ayniqsa O‘zbekistonga eng yaqin Yevropa mamlakati edi. Germaniya O‘zbekistonning oltinchi eng yirik importchisi.

O‘zbekiston 2022 yilda Germaniyadan 1 mlrd dollarlik mahsulot sotib olgan va 91 mln dollarlik tovar sotgan. XIX asrdayoq Germaniyaning Leypsig shahrida Qorako‘l teri bilan savdo qiluvchi o‘zbek savdogarlarining alohida shaxobchasi bo‘lgan.

Germaniyaning Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston bilan yaqin aloqalarga ega bo‘lishiga sababni ham oldingi postda yozganman — nemislar va Rossiya imperiyasi yaqinligi. Rossiya imperatorlari ota tomondan nemis bo‘lgani uchun, ichki siyosatda ham, tashqi siyosatda ham nemislar ustun edi. Va ular fransuz, ingliz, portugal savdogarlaridan ko‘proq imtiyozga ega bo‘lgan.

Germaniyaning bizga jiddiy e'tibor qarata boshlagani quvonarli albatta. Lekin mustaqil O‘zbekistonga birorta ham Germaniya kansleri kelmagani yoqimsiz.

Agar olmon yetakchisi O‘zbekistonga tashrif buyursa juda a'lo bo‘lar edi, chunki bu O‘zbekiston Germaniya uchun yaqin ittifoqchiga aylanayotganini ko‘rsatadi.


Fayzbog'

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.