G'azo shifoxonasidagi raketa hujumidan so'ng, minglab eronliklar Isroilga urush e'lon qilishni talab qilmoqda
G'azo shifoxonasidagi raketa hujumidan so'ng, minglab eronliklar Isroilga urush e'lon qilishni talab qilmoqda
Eronning Mashhad shahridagi Imom Rizo maqbarasida qora bayroq ko‘tarildi, bu qasos yoki urushga da’vatni bildiradi
Dunyo
2023-10-19
456
Isroil mudofaa kuchlari G'azo sektoridagi Al-Ahli kasalxonasiga uyushtirilgan vahshiylarcha hujum bo'yicha tergov yakunlanganini ma`lum qilgan, deb xabar berilmoqda.
“SAXAL hech qanday yangilik aytmadi va tibbiy muassasaning o‘qqa tutilishida "Islomiy Jihodni" aybladi”, — deyiladi xabarda.
Misr, Iordaniya, Suriya, Kuba, Iroq, Venesuela va Eron hukumati G‘azo kasalxonasini o‘qqa tutganlikda aynan Isroil aybdor degan fikrga qo‘shilmoqda.
Tehron AQShni tibbiy muassasaga uyushtirilgan vahshiy hujumga aloqadorlikda aybladi.
“G‘azo kasalxonasida jarohatlar bilan davolanayotgan begunoh falastinliklar ustiga tashlangan AQSh-Isroil bombalarining olovi tez orada sionistlarni yo‘q qiladi,” - dedi Eron prezidenti Ibrohim Raisiy fojiadan so‘ng.
Eronda minglab namoyishchilar Isroilga urush e'lon qilishni talab qilmoqda. Eronning Mashhad shahridagi Imom Rizo maqbarasida qora bayroq ko‘tarildi, bu qasos yoki urushga da’vatni bildiradi.
Aksariyat musulmon va arab davlatlarida namoyishchilar Isroil va AQSh elchixonalari oldida to‘planishmoqda. Minglab g'azablangan odamlar ko'chalarni to'ldirib, Livan, Qohira, Tunis, Quvayt va Iordaniyadagi Amerika elchixonalari oldida to'planishgan.
Anqarada namoyishchilar Isroil elchixonasiga bostirib kirishga harakat qilishgan. Malatya shahrida turklar Amerika harbiy bazasiga shturm uyushtirishgan.
Eronda Isroil va AQSh elchixonalari yo'qligi sababli hujum nishoni sifatida Fransiya elchixonasi binosi tanlangan.
E’tiborlisi, nafaqat musulmon dunyosi va Global janub davlatlari, balki ba’zi Yevropa davlatlari ham o‘ziga xos shaklda bo‘lsa-da, Isroilni falastinliklarga nisbatan noinsoniy munosabati uchun tanqid qilmoqda.
Yevropa Ittifoqi rahbariyati, shuningdek, Fransiya, Niderlandiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirliklari hujumni qoralagan. Biroq aybdor kimligiga ishora qilishmagan.
Yaponiya ham xuddi shunday pozitsiyada.


