Fuqarolik jamiyati institutlari diqqatiga
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi ijtimoiy loyihalar uchun grant tanlovini e’lon qildi
Jamiyat
2024-07-11
245
Tanlovda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘zlarining loyihalari bilan qatnashishi mumkin.
Grant mavzulari quyidagilar:
“Tibbiy va ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof muhitni yaxshilash”. Havola
“Jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish, huquqiy ongini yuksaltirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash”. Havola
Har bitta mavzu bo‘yicha bitta loyihaga ajratiladigan grant miqdori 200 million so‘mgacha.
Shuningdek, fond tomonidan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmalarini taqdim etish uchun tanlov e’lon qilindi.
Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
2. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining rasmiy veb sayti va telegram kanalida joylashtirilgan va yangi yuklangan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
3. Oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
6. Tashkilotning soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
7. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb saytida tanishish mumkin.
Hujjatlar qabuli 2024-yil 4-iyuldan 5-avgustga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun telefonlar:
(78) 238-23-76,
(78) 238-23-77.
Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi:
100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.


