Fuqarolarni AQSHga yuborishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi
O‘z xizmatlari uchun ular mos ravishda 16 ming va 10 ming dollar talab qilishgan
Jinoyat
2023-10-19
508
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tuman bo‘limi DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Unda fuqaro D.X. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni 16 000 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida AQSHga yuborishni va’da qilgan.
Oldindan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi o‘tkazgan tezkor tadbirda esa, muqaddam sudlangan F.M. fuqaro J.K. ni 10 000 AQSH dollari evaziga AQSHga ishga yuborishini va’da qilgan.
Oldindan 3 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


