Finlyandiya 2024-yilda Rossiya bilan chegarasida devor qurishni boshlaydi
Jamiyat
2023-10-17
483
Bu xaqda Finlandiya chegara xizmati xabar berdi. Avvalroq Imatra shahri yaqinida to‘siqning tajriba qismi qurilgan edi.
Birinchi maqsadli hududlarda qurilish (chegara) 2024 yilning qishida boshlanadi. Hozirda Finlyandiya shimolida, Salla shahri yaqinida “botqoq yerlarni kesib o‘tishning muqobil yo‘llari” sinovdan o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Finlyandiya Vazirlar Mahkamasi 2023 yilgi byudjetda Rossiya chegarasida panjara qurish uchun 139 million yevro ajratgan. Chegarachilarning so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘ taxminan 70 kilometr to‘siq qurish uchun yetarli bo‘ladi. Ulardan 52 kilometri yo‘lovchi tashish bo‘yicha eng mashhur chegara punktlari joylashgan Janubi-Sharqiy Finlyandiyada, sakkiz kilometri Shimoliy Kareliyada va besh kilometri Kaynuu va Laplandiyada joylashgan bo‘ladi. Qurilish 2023-2024 yillarda amalga oshiriladi.


