Farg‘onada "Kobalt"dan sal kam 6 milliardlik kontrabanda smartfonlar topildi
Avtomobil salonida 24 turdagi, shu jumladan “Iphone 15” va “Samsung galaxy S23" smartfonlari bo‘lgan
Jinoyat
2023-10-20
485
Farg‘onada o‘tkazilgan tezkor tadbirida 5,8 mlrd so‘mlik uyali aloqa vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi, deb xabar berilmoqda.
Avvaldan kuzatuvga olingan “Kobalt” rusumli avtomobil Namangan viloyatiga kirish maskanida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilgan.
Natijada uning salonidan xorijdan keltirilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tmagan 24 turdagi 550 ga yaqin smartfonlar borligi aniqlangan.
Shu jumladan “Iphone 15 Pro”, Iphone 15 Pro Max”, “Samsung galaxy S23 Ultra”, “ Samsung galaxy S23 FE” rusumidagi smartfonlar ham bo‘lgan.
"Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda," - deyiladi xabarda.


