Farg‘ona chegaraoldi hududida 2 nafar kontrabandachi qurol qo‘llanilishi natijasida vafot etdi

Farg‘ona chegaraoldi hududida 2 nafar kontrabandachi qurol qo‘llanilishi natijasida vafot etdi

Chegarachilarning ogoxlantirishiga qaramasdan, fuqarolar 10 ga yaqin sheriklari bilan birga harbiylarga nisbatan kuch ishlatishgan

Jinoyat

2023-10-17

743

Chegara qo‘shinlari rasmiy bayonot berishicha, Farg‘ona tumani “Vodil” aholi punktida Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan bo‘lishgan.

Ular “Bo‘ston” MFY hududidan harakatlanib kelayotgan mahalliy fuqarolar A.M. va O.Y. ismli shaxslar boshqaruvidagi avtotransport vositasini to‘xtatib, belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazishgan.

Natijada avtotransport salonida mamlakatga noqonuniy olib kirilgan tovar-moddiy boyliklari borligini aniqlashgan.

"Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida Chegara qo‘shinlari bo‘linmasiga borish taklif etilganida, fuqarolar A.M. va O.Y. hamda voqea sodir bo‘lgan hudud yaqinida yig‘ilgan ularning 10 nafarga yaqin sheriklari, spirtli ichimlik ta’sirida harbiy xizmatchilarning qonuniy talablariga bo‘ysunmaganlar va chegarachilarga faol qarshilik ko‘rsatib, ularga nisbatan kuch ishlatishgan," - deyiladi bayonotda.

Natijada harbiy xizmatchilar turli ko‘rinishdagi tan jarohatlarini olgan. Qarshilik ko‘rsatayotgan kuchlar teng kelmaganligi bois, chegarachilar ogohlantiruvchi o‘q uzishgan.

Ammo bunga qaramasdan, fuqarolar kuch ishlatishni davom ettirishgan.

Harbiy xizmatchilarga faol qarshilik ko‘rsatishda davom etgan fuqarolarning ikki nafari qurol qo‘llanilishi natijasida voqea joyida vafot etgan. 

"Mazkur holat bo‘yicha tegishli huquq-tartibot idoralari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda," - deb aytilmoqda.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.