Endilikda elektroskuterlar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi
Yo‘l harakati qoidalariga skuter va elektrosamokatlar bo‘yicha qo‘shimcha kiritiladi
Qonunchilik
2023-10-10
489
Yo‘l harakati qoidalariga elektron skuterlar va boshqa individual harakatlanish vositalariga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bu bo‘yicha hukumatning tegishli qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Unga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan boshlab:
- DYHXX organlarida dvigateli 25 va undan ortiq kub.sm ish hajmiga ega bo‘lgan yoki konstruksiyaviy tezligi soatiga 25 va undan ortiq kilometr bo‘lgan avtomototransport vositalari,
- elektrodvigatelining quvvati 0,25 kVt va undan ortiq yoki soatiga 25 kilometr va undan yuqori tezlikka ega bo‘lgan elektromobillar (elektromototsikllar, elektroskuterlar va boshqalar),
- tirkama va yarim tirkamalar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Shuningdek, “skuter” va “individual harakatlanish vositalari” tushunchalariga ta’rif berilib, ularning qaysi toifadagi transport vositasi turiga kirishiga aniqlik kiritilmoqda.


