Endi xususiy mulkni “E-auksion shop”da sotish mumkin

Endi xususiy mulkni “E-auksion shop”da sotish mumkin

Ushbu platformada savdolar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom hukumat tomonidan tasdiqlandi

Qonunchilik

2023-10-17

483

Hukumat qarori bilan (540-son, 16.10.2023 y.) xususiy mulkdorlar buyurtmasi asosida ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish va ijaraga berish bo‘yicha savdolar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Avvalo, savdoda ishtirok etish uchun foydalanuvchilar savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tishi zarur bo‘ladi.

Fuqarolar xususiy mulklarini "narxni oshirib borish" tamoyili asosida yoki "e’lon qilingan narxda" sotishlari mumkin bo‘ladi.

Narxni oshirib borish usuli orqali savdolar kamida 2 ta ishtirokchi bo‘lganda o‘tkaziladi.

Boshlang‘ich narx buyurtmachining buyurtmasiga asosan belgilanadi. Savdo birinchi to‘rtta qadamda – boshlang‘ich narxning 5 foizi miqdorida, beshinchi va undan keyingi qadamlarda – boshlang‘ich narxning 3 foizi miqdorida belgilanadi.

Mulkka berilgan har bir taklif savdoni o‘tkazish vaqtini 10 daqiqadan uzaytirib boradi. 

Agar oxirgi tasdiqlangan taklifdan so‘ng 10 daqiqa ichida boshqa ishtirokchi taklif yubormasa, savdolar yakunlanadi. Oxirgi taklif kiritgan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi.

Mulk uchun to‘lov bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali amalga oshiriladi. Bo‘lib-bo‘lib to‘lash buyurtmachi va savdo g‘olibi o‘rtasida o‘zaro kelishuv bo‘yicha belgilanadi.

Savdolar quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb topiladi:

- savdolarda qatnashish uchun bironta ham talabgordan ariza kelib tushmagan bo‘lsa;
- savdolar kuni ishtirokchilar tomonidan bironta ham taklif tasdiqlanmasa;
- to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmagan bo‘lsa.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.