Endi vokzalga kirishda pasport shart bo'lmaydi
Ammo yo'lovchilar platformasi-perron bundan mustasno
Jamiyat
2023-10-13
741
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berishicha, Vazirlar Mahkamasining 17-apreldagi 159-son qaroriga muvofiq temir yo‘l vokzallariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz kirishga ruhsat beriladi.
Yo'lovchilar platformasiga-perronga faqatgina chiptaga ega bo'lgan hamda harakatlanishi cheklangan bemor yoki keksa yoshdagi yo'lovchilarni kuzatuvchi va kutib oluvchi fuqarolar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan o'tishlari mumkin.
Chiptalari yo‘q shaxslar, shuningdek, chiptada ko'rsatilgan ma'lumotlar yo'lovchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlardagi ma'lumotlarga mos bo'lmagan fuqarolarning yo'lovchilar platformasi-perronga va yo'lovchi tashish vagonlariga kirishiga yo'l qo'yilmasligi aytilmoqda.


