Elektron xizmat ko’rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 48,3 mlrd soʻm soliq toʻlagan

Elektron xizmat ko’rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 48,3 mlrd soʻm soliq toʻlagan

Dunyo

2023-10-28

Soliq qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra eng katta soliq to’lovchi Meta(Facebook) kompaniyasi bo’lgan.

2023-yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 52 ta xorijiy kompaniya tomonidan 48,3 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p.

Bunda, toʻlangan soliqlarning 97 %i elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:

🔹Meta - 18,7 mlrd so'm;

🔹Google - 14,9 mlrd so'm;

🔹Apple - 9 mlrd so'm;

🔹Вooking.соm - 1,2 mlrd so'm;

🔹Netflix - 916,7 mln so'm;

🔹Xsolla - 613,7 mln so'm;

🔹Yandex - 476,4 mln so'm;

🔹Adobe Systems - 326,5 mln so'm;

🔹Microsoft - 326 mln so'm;

🔹Activision - 310,4 mln so'm.

Soliq kodeksiga ko’ra elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.