Butunjahon turizm tashkiloti sessiyasida Prezident ishtirok etadi
Aloqalar
2023-10-16
564
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyuradi.
Davlat rahbari BMT tizimidagi ushbu yetakchi tuzilmaning bosh sammiti ochilishida nutq so‘zlaydi.
Tashrif dasturi doirasida, shuningdek, UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv o‘tkazish hamda turizm ko‘rgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta BMTning nufuzli tadbiriga mezbonlik qiladi.
Samarqand shahrida 16-20 oktyabrь kunlari Birlashgan millatlar Tashkilotining Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasi bo‘lib o‘tadi.


