Bugun Qozog‘istonda Respublika kuni nishonlanmoqda

Bugun Qozog‘istonda Respublika kuni nishonlanmoqda

Respublika kuni Qozog'istonning asosiy va yagona milliy bayramidir.

Dunyo

2023-10-25

1990-yil 25-oktabrda Qozog‘istonning davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilindi va mustaqil davlat sifatida siyosiy-huquqiy poydevor yaratildi.

Bu tarixiy sana mamlakatda deyarli 15 yil davomida nishonlanmay kelingan. 2022-yilda Prezident farmoni bilan Respublika kuni tiklandi va yagona milliy bayramga aylandi.

1995-yil oktabrda Respublika kuni umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. 2001 yilda uning maqomi o'zgartirildi va davlat bayrami darajasiga o'tkazildi. Oradan 8 yil o‘tib, 2009 yilda mamlakatda Respublika kunini nishonlash butunlay bekor qilindi va 25 oktyabr ish kuniga aylandi.

2022-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan Milliy Qurultoyning birinchi yig‘ilishida Qosim-Jomart To‘qayev bayramni qayta tiklashni taklif qilgan edi.

Prezident, Respublika kuni milliy bayram sifatida nishonlanishi, Mustaqillik bayrami esa xalq qahramonlarini xotirlash kuniga aylanishi va umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi kerak ekanligini ta’kidlagan edi.

Parlament davlat rahbarining g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi va qonunga tegishli o‘zgartirishlar kiritdi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.