Bugun Parlamentda qiziq bir qonun loyihasi ko‘rib chiqilibdi.

Bugun Parlamentda qiziq bir qonun loyihasi ko‘rib chiqilibdi.

Munosabat

2023-10-17

526

Huquqshunos Bahodir Ahmedov davlat boji haqidagi qonun loyihasiga ahamiyat berdi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, davlat tashkilotidagi mansabdor shaxslarning ustidan ma'muriy sudlarga shikoyat qilgan fuqarolardan davlat boji oldindan undirilmasdan, ishni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha aybdor deb topilgan tarafdan undirilishini qonunchilikka kiritish taklif etilayapti ekan.

Amaliyotda ko‘p ko‘ramiz: ba'zan fuqarolar u yoki bu  mansabdor shaxsning harakati yoki harakatsizligidan nolib, sudga emas, balki yuqori turuvchi instansiyalarga murojaat qiladi.

Yuqori turuvchi instansiya vakili esa o‘z tizimida ishlab turgan, o‘ziga nisbatan quyiroq pog‘onadagi rahbarning harakati yoki harakatsizligiga nisbatan har doim ham xolis nazar bilan qaramasligi mumkin.

Shikoyatchiniyam to‘g‘ri tushunsa bo‘ladi: fuqaro ma'muriy sudga murojaat qilsa, birinchidan, davlat boji to‘laydi, ikkinchidan, yugur-yugur, yoz-yozlardan bezor bo‘ladi va shuning uchun ham yuqori turuvchi instansiyaga murojaat qilib, huquqbuzar rahbarni “tepadagilar” orqali “qo‘rqitib” qo‘yishni afzal, deb biladi.

Ma'muriy sudlarga kiritiladigan da'vo arizasi uchun davlat bojini oldindan to‘lamaslik fuqaroni sudlarga yaqinlashtiradi, mansabdor shaxs sud oldida javob berishga majbur bo‘ladi.

Mansabdor shaxsning harakati yoki harakatsizligi qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lganini xolis tomon sifatida sud baholaydi. Tanganing ikkinchi tomonida shundaki, agarda fuqaro "shantaj" yoki boshqa maqsadda shikoyat qilgan bo‘lsa va sud mutasaddi rahbarning aybdor emas ekanligini tan olsa, shikoyatchi qonunda belgilangan davlat bojini to‘lashga majbur bo‘ladi.

Nazarimda, hammasi to‘g‘ri va adolatdan bo‘ladi.

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Biz bilan bog'lanish

Savol, taklif va murojaatlaringizni bizga yo'llashingiz mumkin

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.