BMT majlisi ishtirokchilari norozilik sifatida AQSh elchisidan yuz o'girishdi
Ular buni Isroilning G'azo sektorini bombardimon qilishiga norozilik sifatida qilishgan
Dunyo
2023-10-19
476
Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari bo'yicha kengashi yig'ilishida deyarli barcha ishtirokchilar AQSh elchisi Mishel Teylordan yuz o'girishdi.
Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabar berilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda yig‘ilishning deyarli barcha ishtirokchilari o‘rinlaridan turib, Teylorga yuz o‘girganlarini ko‘rish mumkin.
Ta’kidlanishicha, ular Isroilning G‘azo sektorini bombardimon qilishiga norozilik sifatida shunday qilgan.


